Toshkent viloyati
Barcha viloyatlar

Toshkent viloyati

Chimyon cho'qqilari, Chorvoq mavjlari — shahar yonidagi boshqa olam.

~90

daqiqa — Toshkentdan tog'gacha

2019

Amirsoy ochilishi

2 000 m+

Chimyon balandligi

4

fasl — har birida o'z gashti

Hikoya

Toshkent viloyati — «uzoqqa bormasdan dam olish» degan savolning javobi. Poytaxtdan bir yarim soatlik yo'l — va atrofingizda G'arbiy Tyan-Shan tog'lari: qishda Chimyon, Beldersoy va 2019-yilda ochilgan zamonaviy Amirsoy kurortlarida chang'i, yozda esa Chorvoq suv ombori bo'yida quyosh va suv sporti.

Bu yerlar shunchaki manzara emas: Zangi ota maqbarasi asrlardan beri ziyoratchilarni chorlaydi, tog' qishloqlarida esa hamon asal, qurut va tandir-non hunari otadan bolaga o'tadi.

Weekend-tur, korporativ dam olish yoki oilaviy piknik — qaysi formatni tanlasangiz ham, kechga qaytib ulgurasiz. Yoki qaytmay qo'ya qolasiz — tog'da tunash ham bizda bor.

Nimalarni ko'rasiz

  • Chimyon va Beldersoy
  • Amirsoy kurorti
  • Chorvoq suv ombori
  • Zangi ota majmuasi
  • Xo'jakent osma yo'li
  • Tog' qishloqlari gastro-turlari

Toshkent viloyati bo'ylab tur — siz uchun tuzamiz

Sana va necha kishiligini ayting, qolganini biz rejalashtiramiz.

Menga qo'ng'iroq qiling